Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

«Dunyoga tegishli emas»

«Dunyoga tegishli emas»

«Dunyoga tegishli emas»

«Dunyo ulardan nafratlandi. Boisi... ular dunyoga tegishli emas». YUHANNO 17:14

Bu nimani anglatadi? Iso bu dunyoga tegishli bo‘lmagani uchun o‘sha paytdagi siyosiy hamda ijtimoiy mojarolarda qatnashmagan. U shunday deb tushuntirgan: «Bordi-yu, Shohligim bu dunyodan bo‘lganida edi, xizmatchilarim yahudiylarning qo‘liga tushmasligim uchun kurashgan bo‘lishardi. Ammo Shohligim bu dunyodan emas». (Yuhanno 18:36) Shuningdek, u izdoshlarini Xudoning Kalomiga zid bo‘lgan dunyoning nuqtai nazari, nutqi va xulq-atvoriga taqlid qilmaslikka undagan. (Matto 20:25–27)

Ilk masihiylar qanday yo‘l tutishgan? Dinshunos yozuvchi Jonatan Daymondning aytishicha, ilk masihiylar, oqibati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, masxarami, qamoq jazosi yoki o‘limga mahkum etilishmi, urushda qatnashishdan voz kechishgan. Ular betarafligidan voz kechishdan ko‘ra, azob chekishni ma’qul ko‘rishgan. Qolaversa, Isoning izdoshlari axloqiy jihatdan ajralib turishgan. Masihiylarga shunday deyilgandi: «Ular kabi yomon ishlar girdobida o‘ralashmayotganingiz uchun, ular hayron qolib sizlarni yomonlashyapti». (1 Butrus 4:4) Tarixshunos Vil Dyurantning yozishicha, «masihiylar xudojo‘yligi va odobliligi bilan aysh-ishratga berilgan soxta dinni fosh qilishgan».

Bugungi kunda kim bu namunaga mos kelyapti? Bir ensiklopediyada masihiylarning betarafligi haqida shunday deyilgan: «Diniy e’tiqod tufayli, qo‘lga qurol olishdan bosh tortishni oqlab bo‘lmaydi. («New Catholic Encyclopedia») Bir gazetada xabar berilishicha, afrikaliklarning huquqlari nomli tashkilotning ma’lumotiga ko‘ra, 1994-yili Ruandadagi genotsidda Yahovaning Shohidlaridan tashqari barcha cherkovlar qatnashgan. («Reformierte Presse»)

Natsistlar paytidagi Xolokost haqida gapirayotib, bir maktab o‘qituvchisi shunday dedi: «Oddiy fuqarolardan tashkil topgan hech bir guruh yoki tashkilot keng tarqalgan yolg‘on, shafqatsizlik hatto vahshiyliklarga qarshi chiqmadi». Ammo bu kishi AQSH Xolokost yodgorlik muzeyiga murojaat qilgach, shunday deb yozdi: «Endi savolimga javob topdim». Bu kishi Yahovaning Shohidlari shafqatsiz munosabatga uchrasa ham, e’tiqodida mahkam turganini bilib oldi.

Ularning axloqiy me’yorlari haqida nima deyish mumkin? Bir jurnalda shunday deyilgan: «Bugungi kundagi aksariyat yosh katoliklar turmush qurmay turib cherkovning birga yashash va nikohdan oldingi jinsiy aloqaga doir ta’limotlarga qo‘shilmaydi. Bu jurnalda bir diniy xizmatchining quyidagi so‘zlari keltirilgan: «Kuzatuvlarimga ko‘ra, aksariyat odamlar, menimcha, 50 foizdan oshiq insonlar nikoh qurishdan avval birga yashaydi». Bir ensiklopediyada esa «Yahovaning Shohidlari yuqori axloqiy me’yorlar bo‘yicha yashashni afzal ko‘radi» deyilgan. («The New Encyclopædia Britannica»)