Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

26- QISM

Yer yuzida jannat tiklanadi!

Yer yuzida jannat tiklanadi!

Hazrati Iso boshqarayotgan Shohlik Tangri Yahovaning ismini ulug‘lab, Uning hukmdorligini oqlaydi va barcha yovuzlikni bartaraf qiladi

MUQADDAS KITOBNING oxirgi Vahiy qismida insoniyatga beriladigan umid to‘g‘risida yozilgan. U havoriy Yuhannoning qalamiga mansub bo‘lib, Yahovaning niyati qanday qilib yakuniga yetishi vahiylar orqali tasvirlangan.

Birinchi vahiyga ko‘ra, Iso ayrim jamoatlarni maqtab, to‘g‘ri yo‘lga soladi. Keyingi vahiy esa, Allohning samoviy taxti haqida bo‘lib, u yerda ruhiy mavjudotlar hamdu sanolar aytishadi.

Qo‘zi sifatida tasvirlangan Isoga yettita muhr bilan muhrlangan o‘rog‘liq bitik beriladi. Avval to‘rtta muhr ochiladi va majoziy to‘rt chavandoz paydo bo‘ladi. Birinchi oq otda toj kiygan Hazrati Iso o‘tirgan bo‘ladi. Uning orqasidan esa, urushlar, ocharchilik va o‘latlarni tasvirlaydigan turli rangdagi otlarga mingan chavandozlar chiqadi. Ushbu musibatlar oxirzamonda yuz beradi. Yettinchi muhr yechilgach, Xudoning hukmlarini e’lon qiladigan yettita karnay chalinadi. So‘ng yetti balo, ya’ni Tangrining g‘azabi yog‘diriladi.

Xudoning Shohligi endi tug‘ilgan o‘g‘il sifatida tasvirlangan va u osmonda o‘rnatilgan. U yerda jang boshlanib, Shayton va uning yovuz farishtalari yer yuziga otiladi. «Yerning... holiga voy! Zero Iblis vaqti oz qolganini bilib, mudhish qahr-g‘azab ila sizning oldingizga tushdi»,— degan baland ovoz eshitiladi (Vahiy 12:12).

Havoriy, qurbonlik qo‘zisi sifatida tasvirlangan Isoni va odamlar ichidan tanlangan 144 000 kishini ko‘radi. Ular Hazrati Iso bilan «shohlik qilishadi». Vahiy kitobiga binoan, zurriyotning ikkinchi darajali qismi 144 000 kishidan iborat (Vahiy 14:1; 20:6).

Jahon shohlari, Armageddonga, ya’ni «Allohning ulug‘ kunida yuz beradigan jangga» to‘planishadi. Ular, samoviy qo‘shinni boshlab kelayotgan oq otga mingan Hazrati Iso bilan jang qilishadi. Bu shohlarning hammasi yakson qilinib, Shayton kishanlab qo‘yiladi. Hazrati Iso va 144 000 shohlar esa «ming yil hukmronlik qilishadi». Ming yil tugagach, Shayton yo‘q qilinadi (Vahiy 16:14; 20:4).

Xo‘sh, Masihning Ming yillik boshqaruvi itoatli odamlarga nimalar keltiradi? Havoriy Yuhanno mana shularni yozgan: «Xudo ularning ko‘zidagi har qanday yoshni artib oladi. O‘lim, motam, faryod va og‘riq boshqa bo‘lmaydi. Zero avvalgilar o‘tib ketdi» (Vahiy 21:4). Nihoyat, yer yuzida jannat tiklanadi!

Shunday qilib, Vahiy kitobi Xudo Kalomidagi xabarga yakun yasaydi. Masihning boshqaruvi orqali Tangri Yahovaning ismi ulug‘lanadi va Uning hukmdorligi abadiy oqlanadi!

Vahiy kitobiga asoslangan.