1 Timo‘tiyga 4:1-16

  • Jinlarning ta’limotidan ogohlantirish (1–5)

  • Masihning namunali xizmatchisi (6–10)

    • Jismoniy mashq va xudojo‘ylikning farqi (8)

  • «Ta’lim berayotganingga hamisha diqqatli bo‘l» (11–16)

4  Ilohiy ilhom bilan aytilgan so‘zlarga ko‘ra shunday vaqtlar keladiki, ba’zilar Xudodan deb tuyulgan aldamchi so‘zlarga+ va jinlarning ta’limotlariga quloq solib, imondan qaytadilar.  Bu, vijdoni sezgirlikni yo‘qotgan* ikkiyuzlamachilarning yolg‘oni dastidan bo‘ladi+.  Ular turmush qurishni man etib+, Xudo yaratgan oziq-ovqatlardan+ tiyilishni buyuradilar+. Aslida bu oziq-ovqatlar imonlilar+ va haqiqatni aniq bilib, uni minnatdorchilik bilan qabul qiladiganlar uchun yaratilgan.  Axir Alloh yaratgan har bir narsa yaxshi+ va uni rad etmasdan+ shukrona bilan qabul qilish lozim.  Chunki u Tangrining kalomi va ibodat bilan halol* qilingan.  Birodarlarga ushbu maslahatlarni berayotib, sen Iso Masihning yaxshi xizmatchisi, ya’ni imon so‘zlari bilan oziqlangan hamda a’lo ta’limotga qat’iy rioya qiladigan xizmatchi bo‘lasan+.  Ammo keksa ayollarning uydirmalariga+ o‘xshash muqaddas narsalarni bulg‘aydigan kufr so‘zlarni rad et. Undan ko‘ra xudojo‘ylik yo‘lida mashq qil.  Jismoniy mashq oz foyda keltiradi. Ammo xudojo‘ylik har narsa uchun foydalidir, zero u hozirgi va kelajak hayotga tegishli va’dalarni o‘z ichiga olgan+.  Ushbu so‘zlar ishonchli va to‘liq qabul qilinishga munosibdir. 10  Ana shuning uchun biz qunt bilan mehnat qilib, astoydil urinyapmiz+. Chunki biz har turli insonlarning+, ayniqsa ishonchli kishilarning Qutqaruvchisi+ bo‘lmish barhayot Tangriga umid bog‘laganmiz. 11  Ushbu nasihatlarni berib turgin va o‘rgatib yurgin. 12  Hech kim seni yosh deb kamsitmasin. Aksincha, nutqda, xulq-atvorda, sevgida, imonda va poklikda ishonchli kishilarga o‘rnak bo‘lgin. 13  Men kelgunimcha omma oldida g‘ayrat bilan Muqaddas Yozuvlarni o‘qishda+, nasihat qilishda* va boshqalarga ta’lim berishda davom et. 14  Oqsoqollar kengashi ustingga qo‘llarini qo‘yishganda+ bashorat orqali berilgan in’omni rad etma. 15  Ushbu narsalar ustida mulohaza yurit va muvaffaqiyating hammaga oshkor bo‘lishi uchun bu ishlar bilan band bo‘l. 16  O‘zingga va qanday ta’lim berayotganingga hamisha diqqatli bo‘l+. Bunday yo‘l tutaversang, ham o‘zingni, ham seni tinglayotganlarni qutqarasan+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «vijdoniga qizdirilgan temir bilan tamg‘a bosilgan».
Yoki «muqaddas».
Yoki «dalda berishda».