Efesliklarga 5:1-33

  • Toza nutq va xulq-atvor (1-5)

  • Nur farzandlaridek yo‘l tutish (6-14)

  • Muqaddas ruhga to‘lish (15-20)

    • Har fursatdan unumli foydalanish (16)

  • Er va xotinlarga nasihat (21-33)

5  Sevikli bolalar singari Allohga taqlid qilinglar+  va Masih kabi sevgi yo‘lida yuringlar+. U bizlarni* sevib+, o‘zini bizlar* uchun Xudoga xushbo‘y nazr va qurbonlik sifatida berdi+.  Zino*, har qanday ifloslik va ochko‘zlik orangizda hatto tilga olinmasin+, zero bu muqaddas kishilarga munosib emas+.  Shuningdek, axloqsiz xulq-atvor, bema’ni gaplar, beadab hazillar+ kabi nomunosib narsalar bo‘lmasin, balki Xudoga shukronalar aytilsin+.  Sizlarga ma’lum bo‘lganiday va o‘zingiz ham tan olganingizday hech bir zinokor+, hech bir iflos va ochko‘z+, ya’ni butparast inson Masihning va Xudoning Shohligida merosga ega bo‘lmaydi+.  Hech qanday odam sizlarni quruq gaplar bilan avramasin, chunki yuqorida aytilgan ishlar uchun itoatsiz kimsalar Xudoning g‘azabiga yo‘liqishadi.  Shuning uchun ularga sherik bo‘lmanglar.  Bir vaqtlar sizlar zulmat edingiz, hozir esa Hazratimizga tegishli+ bo‘lganingiz uchun nursizlar+. Nur farzandlaridek yo‘l tutinglar.  Nurning samarasi esa har qanday himmat, adolat va haqiqatdir+. 10  Rabbimizga nima ma’qul ekaniga doimo ishonch hosil qilinglar+. 11  Itoatsiz kimsalar bilan birga qorong‘ilikning behuda ishlariga boshqa aralashmanglar+, aksincha, ularni fosh etinglar. 12  Chunki ularning yashirincha qilayotgan ishlarini hatto aytishga ham uyalasan. 13  Fosh etiladigan hamma narsa nur orqali oshkor bo‘ladi. Chunki oshkor bo‘lgan hamma narsa nurdir. 14  Shuning uchun bunday deyilgan: «Ey uyquga ketgan, uyg‘on, tiril+ va Masih sening ustingdan nur yog‘diradi»+. 15  Qanday yo‘l tutayotganingizga o‘ta diqqatli bo‘lib, nodonlar kabi emas, donolar kabi yo‘l tutinglar. 16  Har fursatdan unumli foydalaninglar*+, chunki biz yomon kunlarda yashayapmiz. 17  Shuning uchun aqlsiz bo‘lmanglar, balki Yahovaning* irodasi qanday ekanini anglab olinglar+. 18  Sharob ichib mast bo‘lmanglar+, chunki bu buzuqlikka olib boradi. Aksincha, muqaddas ruhga to‘lib, 19  bir-biringizga* gapirganda sanolar, Xudoga hamdlar aytib, ma’naviy qo‘shiqlar kuylanglar+. Yahovani* yuragingizda musiqa bilan tarannum etinglar+. 20  Shuningdek, Hazratimiz Iso Masih nomi bilan+ Allohimiz va Otamizga doimo barcha narsa uchun shukrona aytinglar+. 21  Masihni chuqur hurmat qilganingiz uchun bir-biringizga bo‘ysuninglar+. 22  Xotinlar Hazratimizga itoat etganday erlariga bo‘ysunishsin+. 23  Chunki Masih jamoatning+, ya’ni tananing qutqaruvchisi va boshi bo‘lganidek, er ham xotinning boshidir+. 24  Jamoat Masihga itoat etgani kabi, xotinlar ham barcha narsada erlariga bo‘ysunishsin. 25  Erlar, xotinlaringizni doimo sevinglar+. Zero Masih ham jamoatni sevib, u uchun o‘zini fido qildi+. 26  U jamoatni muqaddas qilay deb, Xudo kalomining suvi bilan uni yuvib tozaladi+. 27  Toki jamoat uning oldida biron dog‘, ajin yoki g‘uborsiz, butun go‘zalligi ila+, muqaddas va benuqson holda hozir bo‘lsin+. 28  Xuddi shunday, erlar ham o‘z xotinlarini o‘z tanalarini sevganday sevishlari kerak. O‘z xotinini sevgan o‘zini o‘zi sevadi. 29  Hech bir kishi o‘z tanasidan nafratlanmaydi, aksincha, uni oziqlantirib, ardoqlaydi. Masih ham jamoati bilan shunday yo‘l tutadi. 30  Chunki biz Masih tanasining a’zolarimiz+. 31  «Shuning uchun erkak kishi ota-onasini qoldirib, xotiniga bog‘lanib* qoladi va ikkovi bir tan bo‘ladi»+. 32  Ushbu muqaddas sir+ buyukdir. Men Masih va jamoat haqida gapiryapman+. 33  Xullasi kalom, har biringiz o‘z xotiningizni o‘zingizni sevganday seving+. Xotin esa erini chuqur hurmat qilsin+.

Izohlar

Boshqa variant «sizlarni».
Boshqa variant «sizlar».
Yun. pornia. Lug‘atdagi «jinsiy axloqsizlik» iborasiga q.
So‘zma-so‘z «vaqtni sotib olinglar».
Boshqa variant «o‘zingizga».
Bu yerda qo‘llanilgan yunoncha so‘z «yelim bilan yopishtirilganday mahkam birikib qolish», degan ma’noga ega.