Galatiyaliklarga 6:1-18

  • Bir-birimizning og‘irliklarimizni ko‘taraylik (1-10)

    • «Inson nima eksa, shuni o‘radi» (7, 8)

  • Sunnat ahamiyatga ega emas (11-16)

    • Yangi ijod (15)

  • Xotima (17, 18)

6  Birodarlar, agar odam bilmagan holda biron-bir xato qilib qo‘ysa, ma’nan yetuk bo‘lgan sizlar, bunday kishini muloyimlik bilan tuzatishga urininglar+. Shuningdek, vasvasaga tushmaslik uchun+ o‘zingizni nazorat qilinglar+.  Bir-biringizning og‘irliklaringizni ko‘taringlar+ va shu tarzda Masihning qonunini+ bajaringlar.  Agar biror kishi hech kim bo‘lmay turib o‘zi haqida yuqori fikrda bo‘lsa+, u o‘zini aldagan bo‘ladi.  Lekin har kim o‘z ishini tekshirsin+, shunda o‘zini boshqalar bilan solishtirmay o‘ziga qarasagina+, suyunishga sabab topadi.  Zero har kim o‘z aravasini o‘zi tortadi+.  Bundan tashqari, Xudoning kalomidan ta’lim oluvchi ta’lim beruvchi bilan har qanday yaxshi narsani baham ko‘rsin+.  Adashmanglar, Xudoni laqillatib bo‘lmaydi*. Inson nima eksa, shuni o‘radi+.  Kim o‘z tanasiga urug‘ eksa, tanasidan chiriydigan narsa o‘rib oladi. Kimki muqaddas ruhga eksa, muqaddas ruhdan mangu hayot o‘rib oladi+.  Xullas, yaxshilik qilishdan bezmaylik. Agar bo‘shashmasak, o‘z vaqtida hosilini o‘rib olamiz+. 10  Fursatimiz bor ekan, hammaga, ayniqsa imondoshlarimizga yaxshilik qilaylik. 11  Qaranglar, sizlarga o‘z qo‘lim bilan, katta-katta harflar bilan yozdim. 12  Sizlarni sunnat qilinishga majbur etayotganlar, aslida tanaga oid narsalar bilan yaxshi taassurot qoldirmoqchilar. Ular buni Iso Masihning azob ustuni* uchun ta’qiblarga duchor bo‘lmaslik niyatida qilyaptilar. 13  Sunnat qilinayotganlar o‘zlari Tavrotga rioya etishmayapti+, biroq tanangiz bilan maqtanish uchun sizlarni sunnat qilishmoqchi. 14  Iloyim, men Hazrati Iso Masihning azob ustunidan tashqari hech narsa bilan maqtanmayin+. U orqali dunyo men uchun, men esa dunyo uchun o‘ldim. 15  Sunnat ham, sunnatsizlik ham hech narsa emas+, balki yangi ijod+ ahamiyatga ega. 16  Bu qoidaga ko‘ra yo‘l tutadiganlarning hammasiga, ya’ni Xudoning Isroiliga+ tinchlik va rahm-shafqat bo‘lsin. 17  Bundan buyon menga hech kim qiyinchilik tug‘dirmasin, chunki men tanamda Isoning quli degan tamg‘ani olib yuribman+. 18  Hazratimiz Iso Masihning inoyati, siz birodarlar namoyon etayotgan ruhiyatingizga yor bo‘lsin. Omin.

Izohlar

So‘zma-so‘z «Xudoning ustidan kulib bo‘lmaydi».