Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

10-QO‘SHIQ

Allohimiz Yahovani ulug‘lang!

Allohimiz Yahovani ulug‘lang!

(Zabur 145:12)

  1. 1. Hamd ayting Yahova uchun!

    Tarannum eting ismini!

    Tez kunda keladi kuni,

    Xabarlang zamin uzra uni.

    Alloh O‘z O‘g‘lin shohlik qilishga

    Tayinlab, o‘tqazdi taxtga.

    Shohlik haqida xabar tarqating,

    Har elga shahodat bering.

    (NAQAROT)

    Hamd ayting Yahova uchun!

    Bilsin U haqda zamin ahli!

  2. 2. Jar soling, madh eting Rabni!

    Shodona kuylang ismini!

    Dovrug‘in mardona yoying,

    Chin qalbdan Unga tahsin ayting!

    Komil, qudratli bo‘lsa ham Alloh,

    Kamtarindir, himmat aylar.

    Shafqat-u mehrin bizga ko‘rsatar,

    Duomiz ijobat qilar.

    (NAQAROT)

    Hamd ayting Yahova uchun!

    Bilsin U haqda zamin ahli!

(Shuningdek, Zab. 89:27; 105:1; Yerm. 33:11 ga qarang.)