Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

108-QO‘SHIQ

Allohning mehr-sadoqati

Allohning mehr-sadoqati

(Ishayo 55:1–3)

  1. 1. Rab sevar jon-dildan,

    Biz buni sezgaymiz har dam.

    O‘z O‘g‘lin U qurbon qildi

    Va to‘lovdek hadya berdi.

    Chin hayot sari bu eltar,

    Baxt, umid bizga baxsh etar.

    (NAQAROT)

    Ey, tashna qalblar, keling

    Va hayot suvin iching.

    Ha, Alloh tomon shoshing,

    Sof sevgisin toting.

  2. 2. Rab sevar jon-dildan,

    Bu ayondir boy olamdan.

    Shoh qildi Yahova O‘g‘lin,

    Shu yo‘sin sochdi O‘z mehrin.

    U aytgan so‘zi haq bo‘ldi

    Va nihoyat Shohlik keldi!

    (NAQAROT)

    Ey, tashna qalblar, keling

    Va hayot suvin iching.

    Ha, Alloh tomon shoshing,

    Sof sevgisin toting.

  3. 3. Rab sevar jon-dildan,

    Biz o‘rnak olgaymiz Undan.

    Qo‘l cho‘zgaymiz chanqoq qalbga

    Va bergaymiz ta’lim unga.

    Haq yo‘ldan yurib har damda,

    Va’z qilgaymiz turli yerda.

    (NAQAROT)

    Ey, tashna qalblar, keling

    Va hayot suvin iching.

    Ha, Alloh tomon shoshing,

    Sof sevgisin toting.

(Shuningdek, Zab. 33:5; 57:10; Efes. 1:7 ga qarang.)