Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

8-QO‘SHIQ

Yahova — Boshpanamdir

Yahova — Boshpanamdir

(Zabur 91)

  1. 1. Tangrimsan, Boshpanamsan,

    Qoyamsan, Yahova.

    Tayanch-u Qalqonimsan,

    Soyang panoh menga.

    Sodiq quling-chun har damda

    Taqdim etgaysan himoya.

    Do‘stimsan, Qo‘rg‘onimsan,

    Vafodorsan, Rab Yahova.

  2. 2. Hukming-la qulatsang ham

    Minglab yov-dushmanni,

    Albatta saqlagaysan

    Odil, mo‘min qalbni.

    Shunga sira ham qo‘rqmayman,

    Xalos etgaysan g‘ovlardan.

    Lochindek qanoting-la

    Asragaysan doim meni.

  3. 3. Dahshat ham, nayranglar ham

    Qurshab olar meni,

    Lek tanho Suyanchimsan,

    Ko‘rgaysan barini.

    Ozod etib meni to‘rdan,

    Qalbim qilgaysan xotirjam.

    Posbondek shay turgaysan

    Qo‘riqlash uchun jonimni.

(Shuningdek, Zab. 97:10; 121:3, 5; Ishayo 52:12 ga qarang.)