Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

91-QO‘SHIQ

Sevgi ila qilgan mehnatimiz

Sevgi ila qilgan mehnatimiz

(Zabur 127:1)

  1. 1. Bugun, Alloh Yahova,

    Dildan rahmat deymiz Senga.

    Bizni manzur ko‘rding lutf ila

    Sharafli ishga.

    Ato etding baraka

    Jamoamiz mehnatiga

    Va qad rostlab turgan shu bino

    Dalolat bunga.

    (NAQAROT)

    Tangri, ushbu uyni qurishdek

    Ulkan sharaf berding bizga.

    Senga mangu xizmat qilmoq-chun bel bog‘laylik

    Va yoyaylik shoning elga.

  2. 2. To‘ldik cheksiz quvonchga

    Va aylandik qalin do‘stga.

    Bu qurilish bo‘lgay to abad

    Esdalik bizga.

    Birdam bo‘lib ishladik,

    Kundan-kunga ruhing sezdik.

    Shunda Senga atab chin qalbdan

    Tahsinlar aytdik!

    (NAQAROT)

    Tangri, ushbu uyni qurishdek

    Ulkan sharaf berding bizga.

    Senga mangu xizmat qilmoq-chun bel bog‘laylik

    Va yoyaylik shoning elga.

(Shuningdek, Zab. 116:1; 147:1; Rim. 15:6 ga qarang.)