Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

99-QO‘SHIQ

Son-sanoqsiz Shohidlarmiz

Son-sanoqsiz Shohidlarmiz

(Vahiy 7:9, 10)

  1. 1. Son-sanoqsiz Shohidlarmiz,

    El nazari bizda.

    Haq Tangriga sodiqmiz

    Hatto qiyin damda.

    Keng safimiz to‘lgaydir

    Har xil inson birla.

    Madh kuylagaymiz Rabga mudom

    Shu olomon ila.

  2. 2. Son-sanoqsiz Shohidlarmiz,

    Va’z qilamiz dildan.

    Bu xushxabar bo‘lgaydir

    Har bir elga malham.

    Zavq-la xizmat qilsak-da,

    Ba’zan charchoq bosar,

    Lekin Iso baxsh etar orom

    Va halovat berar.

  3. 3. Son-sanoqsiz Shohidlarmiz,

    Bandmiz xizmat ila.

    Rab oldida hozirmiz,

    U mustahkam Qal’a.

    Son-sanoqsiz bir xalqmiz,

    Yordir bizga Xudo.

    Jar solamiz Shohligi haqda

    Yer kurrasi aro.

(Shuningdek, Ishayo 52:7; Mat. 11:29; Vah. 7:15 ga qarang.)