Asosiy materiallarga o‘tish

Muqaddas Kitobga oid videolar. Asosiy ta’limotlar

Ushbu qisqacha videodarslarda Muqaddas Kitob borasidagi eng muhim savollarga javoblar berilgan. Ba’zilari «Xudodan kelgan xushxabar» risolasidagi darslar bilan bog‘liq.

Xudoning ismi bormi?

Allohning ko‘p unvoni bor: Ega, Yaratuvchi, Rabbiy. Lekin Uning shaxsiy ismi bor va Muqaddas Kitobning asl nusxalarida bu ism deyarli 7 000-marta uchragan.

Muqaddas Kitobning Muallifi kim?

Agar uni odamlar yozgan bo‘lsa, bu kitobni «Alloh kalomi» deb atash to‘g‘rimi? Muqaddas Kitobda kimning fikrlari yozilgan?

Muqaddas Kitob chindan ham Xudodanmi?

Agar Muqaddas Kitob muallifi Alloh bo‘lsa, u yer yuzidagi eng noyob kitob bo‘lishi kerak.

Alloh nega yerni yaratgan?

Dunyo go‘zallikka to‘ladir. U quyoshdan kerakli masofada va o‘zgarmas burchak ostida joylashgan. Shuningdek, Yer o‘z o‘qi atrofida optimal tezlikda aylanadi. Nega Xudo yerni yaratish uchun shuncha ko‘p mehnat qildi?

O‘lganlar qanday holatda bo‘ladi?

Muqaddas Kitobga ko‘ra, Lazar bilan bo‘lganidek, ko‘plar hayotga qaytadigan vaqtlar keladi.

Iso nima uchun o‘lgan?

Muqaddas Kitobga binoan, Isoning o‘limi muhim ahamiyatga ega. U nima uchun o‘lgan?

Xudoning Shohligi nima?

Iso va’z qilganda eng ko‘p Xudoning Shohligi haqida gapirgan. Asrlar davomida uning izdoshlari bu Shohlik kelishi haqida ibodat qilishyapti.

Nega Alloh azob-uqubatlarga yo‘l qo‘ymoqda?

Ko‘plar nima uchun dunyo nafrat va azob-uqubatga to‘lib-toshgan deb so‘raydi. Muqaddas Kitobdan sizni qoniqtiradigan va dalda baxsh etadigan javobni topa olasiz.

Xudo barcha dinlarni ma’qul ko‘radimi?

Ko‘pgina odamlar qaysi dinni tanlashning ahamiyati yo‘q deb o‘ylaydi.