Asosiy materiallarga o‘tish

Nega Yahovaning Shohidlari ularga qarshi aytilgan hamma ayblovlarga ham javob qaytarishmaydi?

Nega Yahovaning Shohidlari ularga qarshi aytilgan hamma ayblovlarga ham javob qaytarishmaydi?

 Yahovaning Shohidlari Muqaddas Kitobdagi maslahatga amal qilib, hamma ayblovlarga va masxaralarga ham javob qaytarishmaydi. Misol uchun, Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Mazax qiluvchini to‘g‘rilagan sharmanda bo‘ladi». (Hikmatlar 9:7, 8; 26:4) Yolg‘on ayblovlar haqida haddan ortiq tashvishlanib bahslashishdan ko‘ra, diqqatimizni Xudoni mamnun qilishga qaratamiz. (Zab. 119:69)

 Albatta «sukut saqlashning ham, gapirishning ham o‘z vaqti bor». (Voiz 3:7) Haqiqatni topmoqchi bo‘lgan samimiy insonlar bilan suhbatlashishga tayyormiz, lekin be’mani bahslarga berilishdan qochamiz. Shu yo‘sin, Isoning va ilk masihiylarning ta’limotlari-yu o‘rnagiga ergashamiz.

  •   Iso Masih boshqalar uni Pilatning oldida nohaq ayblaganda, hech qanday javob qaytarmagan. (Matto 27:11–14; 1 Butrus 2:21–23) Qolaversa, Isoni ichkilikboz va ochko‘z deb haqorat qilishganida ham u jim turgan. Uning ishlari u uchun gapirgan. Muqaddas Kitobda yozilganiday: «Odamning donoligi adolatli ishlaridan ko‘rinadi». (Matto 11:19) Lekin vaziyat boshqacha bo‘lganida, Iso unga tuhmat qilganlarga jasorat ila javob qaytargan. (Matto 15:1–3; Mark 3:22–30)

     Iso o‘z izdoshlarini ayblovlar dastidan ruhini tushirmaslikka o‘rgatgan. U shunday deb aytgan: «Men uchun odamlar sizlarni haqoratlab, quvg‘un qilishsa, sizlar haqda yolg‘on va har qanday yaramas so‘zlarni aytishsa, baxtlisizlar». (Matto 5:11, 12) Ba’zida bunday ayblovlar tufayli shogirdlar keng shohidlik berishgan. Iso bunday vaziyatlarda ularga yordam berishini aytib, quyidagicha degan: «Men sizlarga shunday donolik beramanki, sizlar nima deyish kerakligini bilasizlar. Shunda dushmanlaringiz sizlarga qarshi ham tura olishmaydi, e’tiroz ham bildira olishmaydi». (Luqo 21:12–15)

  •   Havoriy Pavlus masihiylarga ta’qib quluvchilar bilan keraksiz bahslar olib borishdan qochishni maslahat berib, bunday gap talashishlarni «foydasiz va behuda» deb atagan. (Titusga 3:9; Rimliklarga 16:17, 18)

  •   Havoriy Butrus masihiylarni kerak bo‘lganda imonini himoya qilishga undagan. (1 Butrus 3:15) Ammo shu bilan birga bunday qilishning eng yaxshi yo‘li ko‘pincha so‘zlar bilan emas, balki amalda ko‘rsatish ekanini u yaxshi tushungan. U shunday yozgan: «Tangri sizlar yaxshi ishlar qilib aqlsiz odamlarning ahmoqona gaplariga chek qo‘yishingizni istaydi». (1 Butrus 2:12–15)