Asosiy materiallarga o‘tish

Yahovaning Shohidlari faqat o‘z dinini haq deb hisoblashadimi?

Yahovaning Shohidlari faqat o‘z dinini haq deb hisoblashadimi?

 Din masalasida jiddiy fikrda bo‘lgan inson, u tanlagan din Allohga ma’qul ekaniga amin bo‘lishi kerak. Unday bo‘lmasa, u dinga e’tiqod qilishining nima hojati bor?

 Muqaddas Kitobda ko‘p dinlar, ko‘p yo‘llar najotga yetaklaydi deb yozilmagan. Aksincha, u yerda: «Hayotga olib boradigan darvoza esa tang va yo‘li tordir. Bu yo‘lni topadiganlar oz»,— deb aytilgan. (Matto 7:14) Yahovaning Shohidlari bu yo‘lni topishganiga amin. Aks holda, uni izlashda davom etishardi.