Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

13-QO‘SHIQ

Masih biz uchun o‘rnakdir

Masih biz uchun o‘rnakdir

(1 Butrus 2:21)

  1. 1. Cheksiz sevgi ila,

    Oliy himmat ila

    Qurbon qildi Rab O‘g‘lin har inson-chun.

    Masih erga kelib,

    Inson O‘g‘li bo‘ldi,

    Alloh ismin u mudom madh etdi.

  2. 2. Kalom Iso uchun

    Quvvat ato etgan.

    Uni o‘qib u, idrok topgan har kun.

    Dildan xizmat qilib,

    Bizga o‘rnak bo‘ldi,

    Haqni aylab shod, bundan baxt topdi.

  3. 3. Masih bilmay tinim,

    Yoydi Alloh shonin.

    U biz-chun eng zo‘r ibrat-namunadir.

    Hazrat yurgan yo‘lda

    Sobit tursak doim,

    Aylar bizga lutf Alloh har damda.

(Shuningdek, Yuhan. 8:29; Efes. 5:2; Filip. 2:5–7 ga qarang.)