Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Izolyatsiya paytida nima qilsangiz bo‘ladi?

Izolyatsiya paytida nima qilsangiz bo‘ladi?

 O‘zingizni boshqalardan ajralib qolganday va yolg‘iz his qilyapsizmi? Unda quyidagi so‘zlarni aytgan sano bastakorining tuyg‘ulari sizga tanish bo‘lsa kerak: «Tom ustida yolg‘iz qolgan qushga o‘xshayman». (Zabur 102:7) Muqaddas Kitobdagi dono fikrlar izolyatsiya tufayli yuzaga kelayotgan muammolar bilan kurashishingizga yordam beradi.

 Ma’nan o‘sishga intiling

 Vaqtincha izolyatsiyada bo‘lsangiz ham Xudoni tanib-bilishingiz kerakligini tushunib va U haqida bilim orttirib, quvonch topishingiz mumkin. (Matto 5:3, 6) Quyida keltirilgan manbalar bunda sizga yordam beradi.

Muqaddas Kitobdagi tasalli beradigan bayonotlarni o‘qing

  Quyidagi oyatlar ko‘pchilikka tasalli berib kelyapti. Birdaniga bir nechta bayonotni o‘qish o‘rniga, izolyatsiyada ekaningizdan foydalanib ularning har biri ustida mulohaza yuritishga va ibodat qilishga vaqt ajrating. (Mark 1:35)

Dunyoda bo‘layotgan voqealarning sababini tushunishga harakat qiling

  Agar mudhish voqealar nega sodir bo‘layotganini va Xudo ularga qay yo‘sin chek qo‘yishini bilsangiz, har qanday qiyinchilik bilan kurashishingiz osonroq bo‘ladi. (Ishayo 65:17)

Ortiqcha tashvishlanishdan qoching

  Quyidagi mavzular yoritilgan maqolalar izolyatsiya tufayli paydo bo‘lgan stress bilan kurashishga va tashvishlanmaslikka yordam beradi. (Matto 6:25)

Do‘stlar orttiring

  Do‘stlik ruhiy va hissiy sog‘ligingizga yaxshi ta’sir qiladi. Odamlar bilan yuzma-yuz muloqot qilishning iloji bo‘lmagan paytlarda do‘stlarimiz bo‘lishi yanada muhim. Uydan chiqa olmayotgan bo‘lsangiz do‘stlaringiz bilan muloqot qilish hamda yangi do‘stlar orttirish uchun videokonferensiyadan foydalanishingiz yoki ularga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Quyidagi maqolalar «chin do‘st» bo‘lishingizga va shunday do‘stlarni topishingizga yordam beradi. (Hikmatlar 17:17)

Jismonan faol bo‘lib qoling

  Muqaddas Kitobda: «Jismoniy mashq... foyda keltiradi», — deyilgan. (1 Timo‘tiyga 4:8) Ayniqsa, izolyatsiyada bo‘lganingizda jismoniy mashqlar tiniq fikrlashingiz va o‘zingizni baxtliroq his qilishingizga ko‘maklashadi. Hatto uydan chiqa olmasangiz ham quyidagi maslahatlar jismonan faol bo‘lib qolishingizga yordam berishi mumkin.